Bizning kursimiz kimga to’g’ri keladi va sizga qanday natijalar olib keladi:
Agar siz universitet, litsey yoki boshqa o’quv muassasalari uchun ingliz tilidan imtihonga tayyorlanishingiz kerak bo’lsa-yu, lekin bunga vaqtingiz yetmasa ushbu kurs sizga mutlaqo to’g’ri keladi.
Sizning kutilgan natijangiz:
Haqiqatdan ham dolzarb va ma’noli bo'lgan ingliz tilini o'rganasiz. “London is the capital of Great Britain” ga o’xshagan iboralarni yodlashni unutasiz.
Endi ingliz tilini xuddi siz yaxshi ko’rgan o’yiningizni o’ynagandek o’rganasiz.
Bizning kursda siz o’zingizga o’xshab fikrlaydigan tengdoshlaringiz bilan birga ajoyib vaqt o’tkazasiz.
Sizning kutilgan natijangiz:
Ota-onangiz kompyuterda/telefonda juda ko'p vaqt sarflayotganingiz uchun sizni koyishmaydi, chunki siz ingliz tilini o'rganayotgan bo’lasiz, shuningdek o'zingiz uchun motivatsiyaga to'la ajoyib muhit yaratasiz.
- Ishxonangizdagi martabangiz o'sishi uchun ingliz tili juda muhim va bizning kursimiz siz uchun to’g’ri tanlov;
- Ingliz tilida so'zlashuvchi kompaniyalar yoki chet elda ishlashni xohlaydiganlar uchun ayni muddao;
- Mutaxassislar - kelajak tarjimon, ingliz tili o'qituvchilari ham bizning kursdan naf olishadi.
Sizning kutilgan natijangiz:
Ingliz tilini o'qitishning barcha sirlari haqida bilib olasiz. Darslaringizni qiziqarli, ijodiy va samarali o’tasiz hamda bir urinishdayoq “present perfect simple” kabi murakkab mavzularni tushuntirasiz. Shuningdek, ish joyingizda ingliz tilida qo’rqmay so’zlasha olasiz.
Yangi bilimlarga chanqoq insonlar
- Til va madaniyatni o'rganishni istagan sayohatchilarga;
- Yangi tillarni o’rganishni sevuvchi poliglotlarga;
- Ingliz tili haqida ko'proq ma'lumot olishga qaror qilgan ma'lumot izlovchilarga;
- Kitoblarni va filmlarni "original" tilida o'qishni hamda tomosha qilishni istagan muxlislarga mo’ljallangan.
Sizning kutilgan natijangiz:
Sayohat paytida uyalib qolmasdan ingliz tilida muloqot qila olasiz, ehtimol Googleda ingliz tilida ma'lumot qidirish bo’yicha qora belbog’ga ega bo'larsiz.
– farzandining til oʻrganishini xohlaydigan va bunga sharoit yaratib beradigan;
– kelajakda farzandining katta yutuqlaridan faxrlanib yurishni istagan;
– farzandi uzoqda emas, koʻz oldida bilim olib, natijasini koʻrmoqchi boʻlgan;
– farzandining kelajagi uchun hozirdan bilimga investitsiya qiladigan ota-onalar uchun moʻljallangan.
– ingliz tilini oʻrganib, darsdan tashqari turli sohalarda ishlashni istagan;
– logistika sohasida ishlab, qoʻshimcha daromad topaman degan;
– zamonaviy kasblarni oʻrganib, jahon bozoridan ish olmoqchi boʻlgan;
– ingliz tilini oʻrganib, kelajak yoshlariga ham oʻrgatishni niyat qilgan talabalar uchun moʻljallangan.
Farzandiga befarq boʻlmagan ota-onalar
Ishtiyoqi baland talabalar
Sizning kutilgan natijangiz:
Xorijiy tillarni bilib universitetni tamomlash, ikkita diplomga ega boʻlish demakdir. Zamonga moslashuvchi har bir kasb egasi borki, ingliz tilini bilsa, daromadi va martabasi oshishini yaxshi biladi. Sizda bu imkoniyat bor va undan unumli foydalanib qoling.
Sizning kutilgan natijangiz:
Farzandingizning yoshi, maktabda oʻqishi uning til oʻrganishida toʻsiq boʻlmaydi. Darslar maktab va zerikarli oʻquv markazlarining metodikasidan mutlaqo farq qiladi. Ingliz tilini oʻrganish oson ekanligini farzandingiz qisqa muddatda erishadigan natijasidan ham koʻra olasiz.