OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI

Ingliz tilini online platformada o’qitish bo’yicha ta’lim xizmatlarini ko’rsatish to’g’risida

Mas’uliyati cheklangan jamiyat «ENGLIFY» (STIR: 309795570), bundan buyon «Kompaniya» deb yuritiladi, Direktor Abdullayev M.M. nomidan, Ustav asosida ish yuritib, ushbu hujjat orqali ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan Ommaviy oferta shartnomasiga (bundan buyon — Oferta, shuningdek Bitim yoki Shartnoma deb ham yuritiladi) quyida bayon etilgan shartlar asosida qo‘shilish taklifini bildiradi:

ATAMALAR VA TA’RIFLAR

Platforma va kurs doirasida taqdim etiladigan xizmatlar:

1.1 UMUMIY QOIDALAR

1.1.1 Ushbu hujjatning matni Ommaviy ofertadir. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367 – moddasiga muvofiq Ommaviy oferta-bu shartnomaning muhim shartlarini o‘z ichiga olgan oferta, undan taklif qilayotgan shaxsning taklifda ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha ushbu taklifga javob beradigan mijoz bilan shartnoma tuzish irodasi ko‘riladi.

1.1.2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370 – moddasiga muvofiq, qabul qilish-bu ofertaga murojaat qilingan potentsial Foydalanuvchining uni qabul qilish haqidagi javobidir. Qabul qilish to‘liq va shartsiz bo‘lishi kerak. Ushbu Ofertani qabul qilish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirib, Foydalanuvchi o‘zining huquqiy layoqatini, shuningdek Kompaniya bilan shartnomaviy munosabatlarga kirish huquqini tasdiqlaydi.

1.1.3. Ofertaga qo‘shilish (qabul qilish) uchun to‘liq va shartsiz rozilik uning shartlari va mobil ilovada Foydalanuvchining quyidagi harakatlaridan biri yoki to‘plami bilan ifodalangan kelishuvdir: 1.3.1. taklif shartlarini qabul qilish; 1.3.2. qabul qilinganligini tasdiqlovchi har qanday harakatlarni amalga oshirish (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: tarifni sotib olish, tarifdan foydalanishni davom ettirish va boshqalar).

1.1.4. Taklifni qabul qilish unga barcha arizalar bo‘yicha shartnoma tuzishga tengdir.

1.1.5. Foydalanuvchi Ofertaning 1.3.1-1.3.2-bandlarida ko‘rsatilganlarning barchasini bajargan paytdan boshlab Foydalanuvchi va Kompaniya o‘rtasidagi shartnoma (shartlari taklifda ko‘rsatilgan) tuzilgan, qonuniy kuchga kirgan deb hisoblanadi va tomonlar o‘rtasidagi rasmiy munosabatlarda asosiy hujjat hisoblanadi.

1.1.6. Kompaniya Foydalanuvchilarni har qanday shaklda oldindan yoki keyinchalik xabardor qilmasdan ushbu Ommaviy ofertaga, shuningdek taqdim etilayotgan xizmatlarning tarkibi, hajmi, mazmuni, shakli va ko‘rsatish tartibiga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda Kompaniya Foydalanuvchini mazkur o‘zgartirishlar haqida alohida xabardor qilish majburiyatini olmaydi. Foydalanuvchi ushbu Ommaviy ofertaning amaldagi tahririni mustaqil ravishda kuzatib borish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Ushbu o‘zgartirishlar Kompaniyaning rasmiy veb-sayti va/yoki mobil ilovasi (mavjud bo‘lsa) orqali joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi hamda e’lon qilinganidan keyin Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan har qanday harakatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

1.1.7. Ushbu taklif qabul qilingan paytdan boshlab Foydalanuvchi shartnoma tarafiga aylanadi va ushbu taklif shartlariga muvofiq huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Taklif shartlari Foydalanuvchi tomonidan to‘liq, hech qanday olib qo‘yilmasdan, o‘zgartirilmasdan qabul qilinadi va bajarilishi majburiy bo‘ladi.

1.1.8. Taklif shartlariga rozi bo‘lgan Foydalanuvchi o‘z harakatlarining ma’nosini tushunadi, xizmat, aldash, zo‘ravonlik, tahdidning mohiyati to‘g‘risida noto‘g‘ri tushuncha ta’sir qilmaydi. Shartnoma Foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda tuziladi.

1.1.9. Agar Foydalanuvchi nomidan ish yuritadigan uchinchi shaxs tarifni Foydalanuvchi ko‘rsatmasisiz sotib olgan bo‘lsa, tegishli vaziyatni to‘g‘ri o‘rganib chiqqandan so‘ng, Kompaniya sotib olingan tarifning qiymatini bunday shaxsga qaytarish huquqiga ega. Agar Tarifni sotib olgandan so‘ng, Foydalanuvchi darslarda qatnashgan bo‘lsa, bu uchinchi shaxsning harakatlarini tasdiqlash deb hisoblanadi.

1.1.10. Foydalanuvchi taklif shartlariga rozi bo‘lib, kompaniya faqat mobil ilovani boshqarishini tushunadi va qabul qiladi. Kompaniyaning Foydalanuvchi oldidagi majburiyati xizmatlar ko‘rsatish bilan cheklanadi.

2. OFERTА PREDMETI

2.1. Kompaniya Foydalanuvchiga ushbu taklif shartlariga muvofiq xizmatlarni taqdim etadi va Foydalanuvchi oʼz navbatida taklif shartlariga muvofiq bunday xizmatlarni qabul qilish va toʼlash majburiyatini oladi.

3. MOBIL ILOVАDА ROʼYXАTDАN OʼTISH TАRTIBI

3.1. Mobil ilovadan Foydalanish, shuningdek, takliflarni koʼrish uchun Foydalanuvchi mobil ilovada roʼyxatdan oʼtishi kerak.

3.2. Foydalanuvchi mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tishda to‘g‘ri, ishonchli va dolzarb shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi. Foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri, yolg‘on yoki eskirgan ma’lumotlar taqdim etilishi natijasida yuzaga keladigan texnik muammolar, xizmatlardan foydalana olmaslik, xabarnomalar yetib bormasligi, hisob qaydnomasining vaqtincha cheklanishi yoki bloklanishi, shuningdek boshqa salbiy oqibatlar uchun Onlayn platforma javobgar bo‘lmaydi, va mazkur oqibatlar to‘liq Foydalanuvchi zimmasiga yuklatiladi.

3.3. Foydalanuvchi uchinchi shaxslarga mobil ilovada roʼyxatdan oʼtish paytida koʼrsatilgan login, telefon raqami va boshqa maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini oladi. Аgar Foydalanuvchi ushbu maʼlumotlardan uchinchi shaxslar tomonidan Foydalanish yoki ulardan foydalanish imkoniyati toʼgʼrisida shubha tugʼdirsa, Foydalanuvchi englifygeneral@gmail.com manziliga elektron pochta orqali darhol Kompaniyani xabardor qilish, Kompaniyaning +998781136969 telefon raqamlariga telefon orqali qoʼngʼiroq qilish yoki mobil ilovada Kompaniyaning qoʼllab-quvvatlash xizmati bilan suhbatlashish majburiyatini oladi.

3.4. Mobil ilovada roʼyxatdan oʼtish uchun Foydalanuvchi mobil ilovani yuklab olishi, unga kirishi va soʼralgan maʼlumotlar bilan tegishli maydonlarni toʼldirishi kerak.

3.5. Mobil ilovada roʼyxatdan oʼtish oxirida Foydalanuvchiga ilova funksiyasidan foydalanish imkoniyati beriladi. Ilovadan foydalanish huquqi quyidagi hollarda berilishi mumkin:

3.5.1. Tegishli tarif boʼyicha darslarni sotib olish;

3.5.2. Tarifni Faollashtirish;

3.5.3. Foydalanuvchini Tekshirish;

3.6. Oldindan cheklangan vaqt uchun maxsus promo-koddan foydalanganda, ilovadan foydalanishga kirishish huquqi 3.5.1.-3.5.3-band shartlariga rioya qilmasdan berilishi mumkin.

4. TARIFLAR VA XIZMAT KO‘RSATISH PAKETLARI

4.1. MCHJ “Englify” quyidagi tariflarni taklif etadi:

5. TARIFNI SOTIB OLISH VA UNDAN FOYDALANISH TARTIBI

5.1. Tarifni sotib olish tartibi:

5.1.1. Darslar (tariflar) Foydalanuvchi tomonidan mobil ilovada yoki Kompaniya tomonidan taklif etilgan boshqa usullar orqali mustaqil ravishda, shuningdek Foydalanuvchi manfaatlarini ko‘zlab ish yurituvchi uchinchi shaxslar bilan hamkorlikda sotib olinishi mumkin.

5.1.2. Foydalanuvchi manfaatlarini ko‘zlab ish yurituvchi uchinchi shaxs foydalanuvchi nomidan tarifni sotib olishda, Foydalanuvchini mazkur ommaviy oferta shartlari bilan tanishtirish va ularga roziligini (akseptini) ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

5.1.3. Agar Foydalanuvchi nomidan tarifni sotib olish, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki boshqa harakatlar foydalanuvchi manfaatlarini ko‘zlab ish yurituvchi uchinchi shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, ushbu uchinchi shaxsning harakatlari (yoki harakatsizligi), xatolari, noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etishi, foydalanuvchini ommaviy oferta shartlari bilan tanishtirmasligi yoki noto‘g‘ri tanishtirishi natijasida yuzaga keladigan barcha salbiy oqibatlar uchun Kompaniya javobgar bo‘lmaydi. Mazkur holatlarda yuzaga keladigan huquqiy, moliyaviy va texnik oqibatlar to‘liq foydalanuvchi va/yoki uning manfaatlarini ko‘zlab ish yuritgan uchinchi shaxs zimmasiga yuklatiladi.

5.2. Tarifdan foydalanish shartlari:

5.2.1. Sotib olingan tarif bo‘yicha foydalanuvchining akkaunti muayyan tarif telefon raqamiga bog‘lanadi. Tarifdan foydalanish faqat mobil qurilma mazkur telefon raqamiga ulangan holda amalga oshiriladi.

5.2.2. Foydalanuvchiga tarif telefon raqamini o‘zgartirish imkoniyati berilishi mumkin. Buning uchun foydalanuvchi Kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi lozim.

5.2.3. Agar Kompaniyada uchinchi shaxslar tomonidan mobil ilovadan foydalanishga doir shubhali holatlar yuzaga kelsa (ruxsatsiz kirish, akkauntni ulashish va shu kabi holatlar), Kompaniya tarif telefon raqamini yoki mobil qurilmani o‘zgartirishni rad etish huquqiga ega.

5.2.4. Foydalanuvchi o‘z akkaunti, kirish ma’lumotlari va tarifdan foydalanish xavfsizligi uchun mustaqil javobgar hisoblanadi. Uchinchi shaxslarning ruxsatsiz foydalanishi bilan bog‘liq holatlar uchun Kompaniya javobgarlik olmaydi.

5.3. Tarifni faollashtirish va foydalanish huquqi:

5.3.1. Darslar sotib olinib, faollashtirilgandan so‘ng, foydalanuvchi mobil ilovada ko‘rsatilgan darslardan foydalanish hamda qo‘shimcha Zoom tadbirlarida belgilangan tartibda qatnashish huquqiga ega.

5.4. Darslarni boshlash sanasi va avtomatik faollashish:

5.4.1. Foydalanuvchi darslarni boshlash kunini tanlash huquqiga ega. Darslarni faollashtirish tegishli tarif sotib olingan kundan boshlab 10 (o‘n) kalendar kundan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.

5.4.2. Agar foydalanuvchi darslarni faollashtirish kunini tanlagan bo‘lsa, ushbu sana keyinchalik o‘zgartirilmaydi.

5.4.3. Agar darslar sotib olingan kundan boshlab 10 (o‘n) kalendar kun ichida faollashtirilmasa, bunday darslar avtomatik ravishda faollashtirilgan deb hisoblanadi.

5.4.4. Tarifning amal qilish muddati darslar faollashtirilgan kundan boshlab hisoblanadi.

5.5. Tarifdan foydalanish jarayoni:

5.5.1. Darslar faollashtirilgandan so‘ng foydalanuvchi darslarni tegishli tarif doirasida mustaqil ravishda yoki o‘qituvchilar nazorati ostida o‘zlashtirib borish majburiyatini oladi.

5.5.2. Foydalanuvchining darslarda qatnashmasligi, darslarni o‘zlashtirmasligi yoki ta’lim resurslaridan foydalanmasligi ta’lim xizmatlari ko‘rsatilmagan deb hisoblanmaydi.

5.6. Chegirmalar va tarifni o‘zgartirish:

5.6.1. O‘quvchi (foydalanuvchi) chegirma qo‘llanilgan tarif bo‘yicha ta’lim olayotgan davrda tarifni o‘zgartirish (shu jumladan, yuqori yoki past tarifga o‘tkazish)ni so‘ragan taqdirda, mazkur tarif bo‘yicha berilgan barcha chegirmalar avtomatik ravishda o‘z kuchini yo‘qotadi.

5.6.2. Tarif o‘zgartirilgan taqdirda, o‘quvchi tomonidan foydalanilgan ta’lim davri uchun to‘lov summasi Kompaniya tomonidan chegirmalarsiz, o‘zgartirish amalga oshirilgan sanadagi amaldagi bir oylik tarif narxi asosida qayta hisoblanadi.

5.6.3. Qayta hisob-kitob natijasida aniqlangan summa bilan o‘quvchi tomonidan ilgari to‘langan summa o‘rtasidagi farq o‘quvchi tomonidan qo‘shimcha ravishda to‘lanishi shart bo‘lib, mazkur qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilgandan keyingina tarifni o‘zgartirish kuchga kiradi.

5.6.4. Agar qayta hisob-kitob natijasida o‘quvchi foydasiga ortiqcha to‘lov aniqlansa, bunday summa qaytarilmaydi va boshqa tariflar yoki xizmatlar bo‘yicha to‘lov sifatida hisobga olinadi.

5.6.5. Tarifni o‘zgartirish Foydalanuvchining murojaatiga muvofiq Kompaniyaning mutlaq ixtiyorida amalga oshiriladi va Kompaniya texnik, tashkiliy yoki boshqa sabablarga ko‘ra tarifni o‘zgartirishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

6. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

6.1. Kompaniyaning majburiyatlari:

6.1.1. Kompaniya ushbu Ommaviy oferta shartlariga muvofiq va Foydalanuvchi tomonidan xarid qilingan tarif rejasi doirasida ingliz tilini o‘qitish xizmatlarini taqdim etish majburiyatini oladi.

6.1.2. Kompaniya Foydalanuvchining bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlarini o‘tkazish va test natijalariga muvofiq Foydalanuvchini tegishli kurslarga yo‘naltirish majburiyatini oladi.

6.1.3. Foydalanuvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, Kompaniya xarid qilingan kursga texnik va tashkiliy jihatdan uzluksiz kirish imkoniyatini taqdim etadi, shuningdek ta’lim jarayoni bilan bog‘liq texnik muammolarni imkon qadar tezkorlik bilan bartaraf etadi.

6.1.4. Agar texnik nosozliklar yoki Kompaniyaga bog‘liq boshqa sabablar tufayli Foydalanuvchi darslarda qatnasha olmagan bo‘lsa, Kompaniya faqat o‘tilmagan darslar miqdoriga teng darslarni qo‘shimcha tarzda taqdim etadi. Bunda kurs muddati uzaytirilmaydi va boshqa qo‘shimcha bonus darslar taqdim etilmaydi.

6.2. Kompaniyaning huquqlari:

6.2.1. Agar Foydalanuvchi kurs uchun belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshirmagan bo‘lsa, Kompaniya Foydalanuvchining darslarda ishtirok etish va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatini to‘liq yoki qisman cheklash yoki bekor qilish huquqiga ega.

6.2.2. Kompaniya Foydalanuvchi qoldirgan darslar uchun qo‘shimcha darslar tashkil etish yoki qo‘shimcha foydalanish muddati qo‘shib berish majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi, bundan tashqari mazkur Oferta bo‘yicha alohida tartibda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

6.2.3. Kompaniya Foydalanuvchining darslarni o‘zlashtirish, berilgan vazifalarni bajarish va umumiy faolligi yuzasidan monitoring olib borish huquqiga ega.

6.2.4. Kompaniya imtihonlardan o‘ta olmagan Foydalanuvchini keyingi bosqichga o‘tkazmaslik huquqiga ega.

6.2.5. Agar Foydalanuvchi belgilangan darslarni ketma-ket to‘rt marta yoki undan ortiq qoldirsa, uyga berilgan topshiriqlarni bajarmasa yoki Kompaniya Foydalanuvchi bilan aloqa o‘rnata olmasa, Kompaniya to‘lovni qaytarmagan holda shartnomani bir tomonlama o‘zgartirish va Foydalanuvchini boshqa tarif rejimiga o‘tkazish huquqiga ega.

6.2.6. Kompaniya Foydalanuvchilarning roziligisiz ta’lim jarayonida o’qituvchini almashtirish huquqiga ega.

6.2.7. Kompaniya Foydalanuvchi o'qituvchi almashtirish bo‘yicha murojaatini ko‘rib chiqadi, biroq bunday murojaatlarni qanoatlantirish majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.

6.2.8. Kompaniya ta’lim sifatini pasaytirmasdan darslar jadvali va mazmuniga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.

6.2.9. Kompaniya Foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirib, ularni boshqa guruhlarga o‘tkazish huquqiga ega.

6.2.10. Agar Foydalanuvchi Kompaniya xodimlariga, o'qituvchilarga yoki boshqa Foydalanuvchilarga nisbatan haqoratli, axloqqa zid yoki qonunga xilof harakatlar sodir etsa, Kompaniya Foydalanuvchi axloqi tuzatilguniga qadar uni darslarga kiritmaslik va murojaatlariga javob bermaslik huquqiga ega. Shu davrda o‘tkazib yuborilgan mashg‘ulotlar qayta o’tib berilmaydi va to‘lov qaytarilmaydi.

6.2.11. Agar Foydalanuvchi darslar yoki ta’lim resurslarini uchinchi shaxslarga noqonuniy tarqatgan bo‘lsa, Kompaniya shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega, bunday hollarda to‘lov qaytarilmaydi.

6.2.12. Agar Foydalanuvchi majburiy o‘quv materiallarini belgilangan tartibda o‘zlashtirmagan bo‘lsa, Kompaniya Foydalanuvchini tegishli darsdan chetlatish huquqiga ega. Shu dars qayta o‘tkazilmaydi, boshqa darslarga ko‘chirilmaydi va to‘lov qaytarilmaydi.

6.2.13. Kompaniya kurs narxlarini o‘zgartirish huquqiga ega. Narxlar o‘zgargan taqdirda, oldindan to‘lov amalga oshirgan Foydalanuvchilar xizmatlarni avvalgi narxlarda olishda davom etadi. Yangi narxlar keyingi oy의 birinchi kunidan kuchga kiradi.

6.2.14. Kompaniya faol tariflar uchun chegirmalar e’lon qilish huquqiga ega. Chegirmalar haqidagi ma’lumotlar Kompaniyaning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari yoki yagona call-markazi orqali taqdim etiladi.

6.3.Foydalanuvchining majburiyatlari:

6.3.1. Foydalanuvchi to‘lovni amalga oshirish va ushbu shartnomani akseptlashdan avval Kompaniyaning rasmiy saytida joylashtirilgan Ommaviy oferta shartlari, tariflar, kurs mazmuni, narx va ta’lim shartlari bilan batafsil tanishib chiqishi shart.

6.3.2. Foydalanuvchi darslarni qoldirmaslik, darslarda muntazam qatnashish, topshiriq va vazifalarni belgilangan tartibda bajarish, shuningdek, Kompaniya tomonidan taqdim etilgan o‘quv materiallari bilan oldindan tanishish majburiyatini oladi.

6.3.3. Foydalanuvchi ta’lim jarayoniga vijdonan yondashishi, boshqa Foydalanuvchilar, o'qituvchilar va Kompaniya xodimlariga odob-axloq qoidalariga muvofiq muomala qilishi, shuningdek, qonunchilik va umumaxloqiy normalarga zid harakatlarni sodir etmasligi shart.

6.3.4. Foydalanuvchi Kompaniya tomonidan taqdim etilgan barcha darslar, audio-video materiallar, metodik qo‘llanmalar va boshqa o‘quv resurslarini uchinchi shaxslarga berish, ruxsatsiz nusxa ko‘chirish va tarqatmaslik majburiyatini oladi.

6.3.5. Foydalanuvchi platforma va mobil ilovadan foydalanish jarayonida ishonchli, to‘g‘ri va dolzarb shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi. Noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilishi oqibatlari to‘liq Foydalanuvchi zimmasiga yuklatiladi.

6.4. Foydalanuvchining huquqlari:

6.4.1. Foydalanuvchi ta’lim jarayonida yuzaga keladigan texnik yoki boshqa muammolar yuzasidan Kompaniya qo‘llab-quvvatlash xodimlariga murojaat qilish huquqiga ega.

6.4.2. Foydalanuvchi to‘lov amalga oshirilgan tarif va Oferta shartlariga muvofiq kurslarni olish hamda Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan ta’lim resurslaridan foydalanish huquqiga ega.

6.4.3. Foydalanuvchi o‘z bilim darajasi va til bilish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Kompaniyadan obyektiv baho olish huquqiga ega.

6.4.4. Agar texnik yoki tashkiliy muammolar tufayli Foydalanuvchi darslarda qatnasha olmagan bo‘lsa, u o‘tilmagan darslarni faqat Kompaniyaning dalillarga asoslangan va o‘z zimmasidagi xatoligi sababli yuzaga kelgan vaziyatda qo‘shimcha tarzda olishni talab qilish huquqiga ega. Bunda Foydalanuvchi Kompaniyaning xatosi yoki nofaol javobgarligi isbotlanishi shart.

7. TOMONLАRNING MА’SULIYATI

7.1. Foydalanuvchi tomonidan mazkur Oferta shartlariga muvofiq xarid qilingan tarif doirasida ta’lim xizmatlari Kompaniya tomonidan to‘liq va lozim darajada ko‘rsatilgan deb hisoblanadi, agar Foydalanuvchiga platforma va o‘quv resurslariga kirish imkoniyati taqdim etilgan, darslar jadvali va ta’lim materiali mavjud bo‘lgan, shuningdek ta’lim xizmatlaridan foydalanish uchun zarur texnik imkoniyatlar yaratilgan bo‘lsa. Shu bilan birga, Foydalanuvchining darslarda qatnashmasligi, darslarni o‘zlashtirmasligi, topshiriqlarni bajarmasligi yoki ta’lim resurslaridan foydalanamasligi Kompaniyaning xizmatlarni ko‘rsatmagan deb hisoblanishiga asos bo‘lmaydi.

7.2. Agar Foydalanuvchi o‘z aybi bilan, shu jumladan xabar bermasdan darslarda qatnashmaslik, kechikish yoki darsga ulanmaslik holatlari yuzaga kelsa, qoldirilgan darslar uchun to‘lov qaytarilmaydi va boshqa darslarga ko‘chirilmaydi. Foydalanuvchining uzrsiz sabablarga ko‘ra darslarda qatnashmasligi ushbu darslar uchun kompensatsiya berilishini yoki to‘lovni qaytarish uchun asos bo‘lmaydi.

7.3. Kompaniyaning texnik yoki tashkiliy xatolari sababli darslar tashkil etilmasa, qoldirilgan darslar boshqa kunlarda o‘tkaziladi va buning uchun qo‘shimcha to‘lov olinmaydi. Agar texnik muammolar Foydalanuvchining qurilmasi, internet tarmog‘i yoki uchinchi shaxslar xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, Kompaniya bunday holatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.

7.4. Kompaniya guruhdagi Foydalanuvchilar sonining kamayishi natijasida ta’lim sifati pasayishining oldini olish maqsadida bir nechta guruhlarni birlashtirish huquqiga ega bo‘ladi. Bunday holatda Foydalanuvchiga taqdim etiladigan ta’lim sifati va shartlari pasaytirilmasligi Kompaniya tomonidan ta’minlanadi. Agar Foydalanuvchi taklif etilgan guruhlarda ishtirok etishni istamasa, u “Jo‘shqin” tarifiga o‘tkazilishi mumkin, bunda to‘lov qaytarilmaydi.

7.5. Foydalanuvchi tomonidan xarid qilingan tarif doirasida ta’lim xizmatlari Kompaniya tomonidan ko‘rsatilgan kundan boshlab kuchga kiradi va mazkur Oferta cheklanmagan muddatga tuziladi. Agar tarif davomida Foydalanuvchi Kompaniyaga xizmatlar sifatiga nisbatan e’tiroz bildirmasa, ta’lim xizmatlari to‘liq ko‘rsatilgan va qabul qilingan deb hisoblanadi. Foydalanuvchi ta’lim xizmatlariga nisbatan e’tiroz bildirish huquqiga faqat tarifning amal qilish muddati davomida ega bo‘lib, ushbu muddat tugagach, e’tiroz yuborish huquqi mavjud emas. Agar tarif davomida e’tiroz bildirsa, Kompaniya faqat xizmatlar ko‘rsatilmagan kunlar uchun to‘langan mablag‘ni qaytaradi, boshqa kunlar yoki qo‘shimcha bonus darslar hisobga olinmaydi. Mazkur bo‘limdagi barcha talablar, shu jumladan xizmatlarni qabul qilish, ta’limning yakuniy qabul qilinishi va to‘lovlar bilan bog‘liq shartlar, faqat Kompaniyaning bevosita xatolari va majburiyatlarini buzishi holatlarida qo‘llaniladi.

7.6. Foydalanuvchi Kompaniyaning rasmiy elektron manzili orqali mazkur Oferta bo‘yicha o‘z e’tirozini yozma va asoslantirilgan shaklda bildirishi mumkin. Bunday e’tirozlar tarifning amal qilish muddati davomida ko‘rib chiqiladi. Tarif muddati tugagach, e’tiroz yuborish huquqi yo‘q. Kompaniya tomonidan ko‘rib chiqish natijasi Foydalanuvchiga asoslantirilgan javob bilan taqdim etiladi, va faqat Kompaniyaning bevosita xatolari natijasida yuzaga kelgan xizmat ko‘rsatmaslik holatlarida moliyaviy hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

8. MUZLATISH TARTIBI

8.1. Muzlatish huquqi faqat “Jo’shqin” tarif rejasi doirasida xarid qilgan Foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi va boshqa tariflarga tatbiq etilmaydi.

8.2. Har bir xarid qilingan tarif uchun Foydalanuvchiga maksimal bir oy (30 kalendar kun) muddatga muzlatish huquqi beriladi. Muzlatish davri faqat shu tarifga tatbiq etiladi; davrlar bir-biriga qo‘shilmaydi va umumiy 30 kundan ortmaydi. Har bir yangi xarid qilingan tarif uchun alohida 30 kunlik muzlatish davri beriladi.

8.3. Muzlatish davri davomida Foydalanuvchi barcha belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini saqlab qoladi. Agar tarif muddatli to‘lov orqali xarid qilingan bo‘lsa, muzlatish Foydalanuvchini har oy belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod qilmaydi. Agar to‘lov Kompaniyaga bevosita amalga oshirilgan bo‘lsa, muzlatilgan davr uchun to‘lov mablag‘lari qaytarilmaydi, hatto muzlatilgan davr davomida ta’lim xizmatlarining foydalanish muddati uzaytirilsa ham. Muzlatish davri kursning umumiy amal qilish muddatidan chiqarilmaydi va muzlatilgan kunlar miqdoriga teng qo‘shimcha foydalanish muddati kurs yakunlanishidan keyin taqdim etiladi.

8.4. Foydalanuvchi muzlatish huquqidan faqat har bir xarid qilingan tarif doirasida bir marta foydalanishi mumkin. Qo‘shimcha muzlatish davrini xarid qilish, Kompaniya tomonidan belgilangan tartib va qo‘shimcha to‘lov asosida amalga oshiriladi.

8.5. Muzlatish davri davomida ta’lim xizmatlarining sifati, Foydalanuvchining boshqa majburiyatlari va to‘lov majburiyatlariga ta’sir qilinmaydi. Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar, muzlatish yoki boshqa sabablar tufayli qaytarilmaydi, bundan faqat Kompaniyaning bevosita xatolari yoki majburiyatlarni buzgan holatlarida istisno qilinadi.

8.6. Xizmat ko‘rsatilgan deb hisoblanadigan holatlar: Foydalanuvchiga platforma va o‘quv resurslariga kirish imkoniyati taqdim etilgan bo‘lsa, darslar jadvali va ta’lim materiali mavjud bo‘lsa, shuningdek, ta’lim xizmatlaridan foydalanish uchun texnik imkoniyat yaratilgan bo‘lsa, ta’lim xizmatlari Onlayn platforma tomonidan to‘liq va lozim darajada ko‘rsatilgan deb hisoblanadi. Foydalanuvchining darslarda ishtirok etmasligi, darslarni o‘zlashtirmasligi, topshiriqlarni bajarmasligi yoki ta’lim resurslaridan foydalanmasligi ta’lim xizmatlari ko‘rsatilmagan deb hisoblanishiga asos bo‘lmaydi.

8.7. Foydalanuvchi o‘z aybi bilan (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: xabar bermasdan darslarda ishtirok etmaslik, kech qolish, darsga ulanmaslik) darslarda qatnasha olmagan bo‘lsa, qoldirilgan darslar uchun to‘lov qaytarilmaydi va boshqa darslarga ko‘chirilmaydi. Foydalanuvchining uzrsiz sabablarga ko‘ra darslarda qatnashmasligi ushbu darslar uchun kompensatsiya yoki to‘lovni qaytarish uchun asos hisoblanmaydi.

8.8. Agar Onlayn platforma aybi bilan yuzaga kelgan texnik yoki tashkiliy muammolar sababli darslar tashkil etilmasa, qoldirilgan darslar boshqa kunlarda o‘tkazib beriladi va buning uchun qo‘shimcha to‘lov olinmaydi. Agar texnik muammolar Foydalanuvchining qurilmasi, internet tarmog‘i yoki uchinchi shaxslar xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, Onlayn platforma bunday holatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.

8.9. Guruhdagi o‘quvchilar sonining kamayishi natijasida ta’lim sifati pasayishining oldini olish maqsadida, Onlayn platforma bir nechta guruhlarni birlashtirish huquqiga ega. Bunday holatda Foydalanuvchiga taqdim etiladigan ta’lim sifati va shartlari pasaytirilmasligi ta’minlanadi. Agar Foydalanuvchi taklif etilgan guruhlarda ishtirok etishni istamasa, u “Jo‘shqin” tarifiga o‘tkazilishi mumkin, bunda to‘lov qaytarilmaydi.

9. QAYTARISH VA SHARTNOMANI BEKOR QILISH TARTIBI

9.1. Agar Foydalanuvchi shartnomani aksept qilgan kundan boshlab 7 (yetti) kalendar kun ichida, ta’lim xizmatlaridan foydalanmagan holda shartnomani bekor qilishni so‘rab murojaat qilsa, to‘langan mablag‘ to‘liq hajmda qaytariladi va hech qanday summa ushlab qolinmaydi.

9.2. Agar Foydalanuvchi ta’lim xizmatlaridan foydalanishni boshlaganidan so‘ng shartnomani bekor qilishni so‘rab murojaat qilsa, to‘lovni qaytarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

9.2.1. Har bir tarif bo‘yicha bir oylik xizmat narxi Onlayn platforma platformasida belgilangan amaldagi tarif narxiga muvofiq aniqlanadi. Shu narx kalendar kunlari soniga bo‘linadi va bir kunlik xizmat qiymati hisoblanadi. Hisob-kitobda Kompaniya tomonidan xizmat ko'rsatilgan muddat va aktiv muzlatish davri hisobga olinadi.

9.2.2. Agar ta’lim xizmatlari uchun muddatli to‘lov asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, shartnoma bekor qilinganda xizmat ko‘rsatilgan davr uchun hisoblangan summa:

9.2.3. Hisob-kitob usuli, to‘lov shakli, shartnoma holati va mavjud moliyaviy munosabatlar asosida faqat Onlayn platforma va Foydalanuv hamkorligida, shuningdek, agar mavjud bo‘lsa, moliyaviy tashkilotlar (muddatli to‘lov) bilan kelishuv asosida belgilanadi.

9.3. To‘lovning qaytarilishi faqat hali ko‘rsatilmagan ta’lim xizmatlari qismi bo‘yicha amalga oshiriladi.

9.4. Kompaniya ratsionallik va adolat tamoyillaridan kelib chiqqan holda, shuningdek aniq holatlarni hisobga olgan holda, ushbu boʼlim qoidalaridan tashqariga chiqib, tarif narxini toʼliq yoki qisman qaytarish huquqiga ega.

9.5. Onlayn platforma, yuqoridagi bandlarga muvofiq, mavjud cheklovlarni buzmasdan, foydalanuvchi manfaatlarini himoya qilish va shartnoma shartlarini adolatli bajarilishini ta’minlash huquqiga ega.

10. SANKSIYALAR VA TARIFNI BEKOR QILISH

10.1. Agar Foydalanuvchi Kompaniya tomonidan taqdim etilgan darslar, o‘quv materiallari, videoyozuvlar, metodik resurslar, platformaga kirish ma’lumotlari yoki boshqa intellektual mulk obyektlarini Kompaniyaning oldindan yozma roziligisiz uchinchi shaxslarga tarqatgan, ulashgan, sotgan, ko‘chirgan, ommaga oshkor qilgan yoki ulardan noqonuniy tarzda foydalangan taqdirda, Kompaniya Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmasdan ta’lim xizmatlaridan va barcha ta’lim resurslaridan to‘liq chetlatish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda Foydalanuvchining ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqi darhol bekor qilinadi, Kompaniya tomonidan to‘lovni qaytarish majburiyati yuzaga kelmaydi hamda Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar qayta hisoblanmaydi va qaytarilmaydi.

10.2. Agar Foydalanuvchi ta’lim xizmatlarini moliyaviy tashkilot orqali muddatli to‘lov asosida xarid qigan bo‘lsa, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan chetlatish va shartnomaning bekor qilinishi Foydalanuvchining tegishli moliyaviy tashkilot oldidagi majburiyatlarini bekor qilmaydi. Bunda muddatli to‘lov shartnomasi doirasidagi barcha to‘lovlar, foizlar, jarimalar va boshqa majburiyatlar moliyaviy tashkilot tomonidan belgilanadi hamda Foydalanuvchi ushbu majburiyatlarni mustaqil ravishda va to‘liq hajmda bajarishi shart. Kompaniya Foydalanuvchining muddatli to‘lov bo‘yicha majburiyatlari bajarilmasligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

10.3. Ushbu bo‘limda nazarda tutilgan huquqbuzarliklar Kompaniyaning intellektual mulk huquqlarining buzilishi sifatida baholanadi va Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq, shu jumladan sud tartibida, qo‘shimcha huquqiy choralar ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

11. FORS-MAJOR HOLATLARI

11.1. Tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bajarmaganlik uchun, agar bunday bajarmaslik yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa, javobgar hisoblanmaydi. Fors-major holatlariga urush e’lon qilinishi yoki boshlanishi, harbiy harakatlar va qurolli nizolar, terrorchilik harakatlari, epidemiya va epizootiyalar, karantin va boshqa sanitariya cheklovlari, zilzila, suv toshqini, yong‘in va boshqa tabiiy ofatlar, blokada, embargo, siyosiy inqirozlar, O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning ayrim hududlarida internet tarmog‘i yoki aloqa tizimlarining ishlamay qolishi yoki sifatining keskin pasayishi, shuningdek tomonlar oldindan oqilona tarzda taxmin qila olmaydigan va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga bevosita to‘sqinlik qiluvchi davlat organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar kiradi.

11.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, mazkur holatlar amal qilgan davr mobaynida tomonlarning majburiyatlarni bajarish muddati avtomatik ravishda to‘xtatiladi va fors-major holatlari tugaganidan so‘ng tegishli ravishda uzaytiriladi.

11.3. Fors-major holatlari yuzaga kelganda, Kompaniya imkon qadar qisqa muddat ichida bu haqda o‘zining rasmiy veb-sayti, platformasi yoki boshqa aloqa vositalari orqali Foydalanuvchilarni xabardor qilishga haqli.

11.4. Agar fors-major holatlari uzoq muddat davom etsa va shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish imkonsiz bo‘lib qolsa, tomonlar o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilish yoki uning shartlarini qayta ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘ladilar.

11.5. Fors-major holatlari haqida xabardor qilmaslik, agar bunday xabardor qilmaslik aynan fors-major holatlarining o‘zi sababli yuzaga kelgan bo‘lsa, tomonni ushbu holatlar tufayli bajarilmagan majburiyatlar uchun javobgarlikdan ozod etish huquqidan mahrum qilmaydi.

12. JAVOBGARLIK

12.1. Tomonlar ushbu ommaviy oferta bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, agar ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

12.2.Kompaniya Foydalanuvchining ta’lim jarayonida taqdim etilgan kurs materiallari, o‘quv resurslari, metodik tavsiyalar, topshiriqlar yoki berilgan ko‘rsatmalardan noto‘g‘ri, to‘liq bo‘lmagan yoki o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishi natijasida yuzaga keladigan har qanday salbiy oqibatlar uchun javobgar hisoblanmaydi.

12.3. Kompaniya Foydalanuvchining darslarda qatnashmasligi, topshiriqlarni bajarmasligi, ta’lim materiallarini o‘zlashtirmasligi yoki ta’lim jarayoniga yetarli darajada e’tibor qaratmasligi sababli kutilgan natijalarga erishilmaganligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

12.4. Ta’lim xizmatlari doirasida berilgan bilim va tavsiyalar kafolatlangan natija hisoblanmaydi va Foydalanuvchining shaxsiy qobiliyati, intizomi, faolligi hamda mustaqil mashg‘ulotlariga bog‘liq bo‘ladi.

12.5. Kompaniya Foydalanuvchining shaxsiy texnik vositalari, internet aloqasi yoki uchinchi shaxslar xizmatlari bilan bog‘liq muammolar sababli yuzaga kelgan zararlar uchun, agar bunday holatlar Kompaniyaning bevosita aybi bilan yuzaga kelmagan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi.

13. NIZOLARNI BARTARAF ETISH TARTIBI

13.1. Ushbu ommaviy ofertani bajarish, o‘zgartirish, bekor qilish yoki talqin etish jarayonida yuzaga keladigan barcha nizo va kelishmovchiliklar avvalo tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.

13.2. Nizo yuzaga kelgan taqdirda, manfaatdor tomon boshqa tomonga elektron aloqa vositalari orqali yozma da’vo yuboradi.

13.3. Da’vo qabul qilingan kundan boshlab o‘n kalendar kun ichida ko‘rib chiqilishi va asoslantirilgan javob berilishi lozim.

13.4. Nizoni muzokaralar va da’vo tartibida hal etish imkonsiz bo‘lgan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida ko‘rib chiqiladi.

13.5. Ushbu oferta bo‘yicha huquqiy munosabatlarga faqat O‘zbekiston Respublikasi huquqi qo‘llaniladi.

14. AXBOROT XABARLARI

14.1. Foydalanuvchi ushbu ofertani aksept qilish orqali Kompaniyadan tariflar, ta’lim xizmatlari, maxsus takliflar va aksiyalar haqida telefon qo‘ng‘iroqlari, SMS, elektron pochta, messenjerlar va boshqa elektron aloqa vositalari orqali axborot xabarlarini olishga rozilik beradi. Ushbu rozilik tarif muddati tugaganidan keyin ham amal qiladi.

14.2. Foydalanuvchi axborot xabarlarini yuborish jarayonida uchinchi shaxslar jalb etilishiga rozilik bildiradi.

14.3. Foydalanuvchi axborot xabarlarini olishdan istalgan vaqtda Kompaniyaning rasmiy elektron pochta manziliga yozma murojaat yuborish orqali bosh tortish huquqiga ega.

14.4. Axborot xabarlarini olishdan bosh tortish Foydalanuvchining amaldagi tarif bo‘yicha ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqini cheklamaydi va ushbu oferta bo‘yicha boshqa huquq va majburiyatlarga ta’sir ko‘rsatmaydi.

15. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

15.1. Ushbu ommaviy oferta asosida tuziladigan shartnoma Foydalanuvchi tomonidan ta’lim xizmatlari uchun to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab kuchga kiradi va xarid qilingan tarif bo‘yicha xizmatlar to‘liq ko‘rsatilgungacha amal qiladi.

15.2. Ushbu ommaviy oferta muddatsiz amal qiladi va Kompaniya tomonidan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki yangi tahrirda tasdiqlanishi mumkin. Yangi tahrir e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va e’lon qilinganidan keyin ta’lim xizmatlaridan foydalanishni davom ettirayotgan barcha Foydalanuvchilarga tatbiq etiladi.

16. YAKUNIY QOIDALAR

16.1. Ushbu ommaviy oferta O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan va talqin qilinadi.

16.2. Ushbu oferta alohida yozma hujjat sifatida imzolanmagan bo‘lsa-da, Foydalanuvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma sifatida yuridik kuchga ega bo‘ladi.

16.3. Ushbu ofertada nazarda tutilmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.

16.4. Agar ushbu ofertaning biron-bir bandi sud yoki vakolatli organ tomonidan haqiqiy emas deb topilsa, bu holat ofertaning qolgan bandlarining amal qilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.